Italiya kubogida super to‘qnashuv: “Inter” “Roma”ni mehmon qiladi (prevyu)

Sport

image

Italiya kubogi chorak finali super bahslar bilan yana davom etadi. Ertaga, 9  fevralning ilk soatlarida "Roma" o‘z uyida "Inter"ni qabul qiladi.  Har ikki jamoa o‘z safida ajoyib o‘yinchilarga ega va bu o‘yinda g‘alaba qozonishni xohlaydi.

"Roma" A Cyeriya turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.  "Giallorossi" o‘tgan hafta "Jenoa"ga qarshi 0:0 hisobida durang o‘ynadi va bu uchrashuv jamoaga muxlislar oldida o‘zini oqlab olishi uchun imkon berishi mumkin.

Milanning "Inter" klubi esa ayni damda chempionat jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda.  "Neradzurrilar" avvalgi o‘yinda azaliy raqibi "Milan"dan 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchragan va endi Simone Inzagi shogirdlari bor alamini "Roma"dan olishi kutilmoqda.

Milanliklar “Roma”ga qarshi o‘yinlarda yaxshi natijalar qayd etib kelgan va ikki jamoa o‘rtasida o‘tkazilgan 63 o‘yindan 23 tasida g‘alaba qozongan.  "Roma" "Inter"ga qarshi bahslarning 17 tasida g‘alabaga erishgan.

Ikki jamoa o‘rtasidagi oldingi uchrashuv o‘tgan yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tgan va "Inter"ning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.  

"Inter"

Robin Gosens "Atalanta"dan "Inter"ga to‘liq ko‘chib o‘tdi, ammo nemis futbolchisi uzoq muddatli jarohati sabab safga qo‘shilmaydi. Xoakin Korrea ham ayni damda jarohatdan tiklanmoqda va bu o‘yinda maydonga tusha olmaydi.

Jarohatlanganlar: Robin Gosens, Xoakin Korrea, Felipe Kaysedo

"Roma"

Leonardo Spinatssola uzoq muddatli jarohatidan forig‘ bo‘lib, safga qaytdi. Biroq u ushbu uchrashuvda ishtirok eta olmaydi.  "Roma"ning zaxira o‘rindig‘ida ajoyib o‘yinchilar bor va bu hafta o‘zlarining eng yaxshi jamoasini maydonga tushirishlari kutilmoqda.

Jarohatlanganlar: Leonardo Spinatssola

Taxminiy tarkiblar:

"Inter" (3-5-2): Samir Xandanovich;  Alessandro Bastoni, Danilo D'Ambrosio, Andrea Ranokkiya;  Denzel Dyumfris, Ivan Perishich, Marselo Brozovich, Roberto Gallyardini, Hoqon Chalxano‘g‘li;  Lautaro Martines, Aleksis Sanches.

  
"Roma" (3-5-2): Rui Patrisiu;  Rojer Ibanes, Janluka Manchini, Kris Smolling;  Rik Karsdorp, Matias Vinya, Brayan Kristante, Jordan Veretu, Lorenso Pellegrini;  Nikolo Zaniolo, Temmi Abraham

Taxminiy hisob: "Inter" 2:1 "Roma"

 

Shahboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

31

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made