Italiya Eronning o‘rniga JCHga boradimi? Infantino javob berdi
Sport
−
05 aprel 2022
8161Xalqaro futbol assotsiatsiyalari federatsiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino 2022 yilgi Jahon chempionatida Eronni Italiyaga almashtirish imkoniyatini rad qildi. Bu haqda Infantinoning so‘zlariga tayanib, “Football Italia” nashri xabar berdi.
Shuningdek, Infantino Italiya Qatarda bo‘lib o‘tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etmasligini o‘ylab, yig‘lagisi kelganini ham tan oldi.
“Biz Jahon chempionatini har 2 yilda o‘tkazishni muhokama qilmoqdamiz, chunki bu musobaqa aql bovar qilmaydigan hissiyotlarni vujudga keltiradi. Italiya deyarli har doim Jahon chempionatida ishtirok etib kelgan. Ammo Qatardagi mundial italiyaliklarsiz o‘tadi. Bu holat meni yig‘latishiga oz qoldi. Italiya Eronning o‘rniga Qatarga borishi mumkinmi? Jiddiyroq bo‘laylik, iltimos! Boshqa davlatlar tez-tez mundialda ishtirok etishni xohlashadi. Jahon chempionatida kamroq ishtirok etadigan mamlakatlarga ko‘proq umid berish nihoyatda muhim”, degan FIFA prezidenti.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 29 mart kuni Eronning Livanga qarshi JCH-2022 saralash o‘yiniga ayollar kiritilmagani uchun forslarga qarshi sanksiyalar qo‘llanilishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ma’ruf Abdumalikov
LiveBarchasi