Italiya elchisi 4-qavatdan yiqilib, o‘ldi
Olam
−
21 fevral 2022
16922Italiyaning Avstraliyadagi elchisi Francheska Tardioli ko‘p qavatli uy balkonidan qulab vafot etdi. Bu haqda kecha, 20 fevral kuni mahalliy “Corriere di Umbria” nashri xabar berdi.
Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, voqea diplomatning ta’tilga kelgan ona shahrida, Perudja provinsiyasida sodir bo‘lgan. Ayol muvozanatini yo‘qotib, to‘rtinchi qavatdan yiqilib tushgan.
Shu bilan birga, Tardioli o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkinligi bo‘yicha ham dalillar topilgan. “La Stampa” gazetasining yozishicha, elchi depressiv kasallikdan aziyat chekkan.
O‘tgan yilning fevral oyida Italiyaning Kongo Demokratik Respublikasidagi (KDR) elchisi Luka Attanasio jangarilar tomonidan BMT Jahon oziq-ovqat dasturi karvoniga uyushtirilgan hujumda halok bo‘lgan edi.
LiveBarchasi