Italiya braziliyalik futbolchilarni mahalliylashtiradi
Sport
−
26 noyabr 2021
2464Italiya futbol federasiyasi prezidenti Gabriel Gravina 2022 yilning mart oyida o‘tkazilishi kutilayotgan Jahon chempionati pley-off bosqichiga uch nafar braziliyalik futbolchini milliy terma jamoaga qabul qilish niyatida ekanligini malum qildi.
Ular “Latsio” himoyachisi Luis Felipe, “Roma” markaziy himoyachisi Rojer Ibanes va “Kalyari” hujumkor yarim himoyachisi Joau Pedro hisoblanadi.
“Italiya futbol federatsiyasi terma jamoani kerak bo‘lgan barcha futbolchilar bilan ta’minlay oladi. Hozirda uchta pozitsiya uchun futbolchilar qidiryapmiz va jarayon davom etmoqda. Rasmiy ishlar bilan biz shug‘ullanamiz. Terma jamoaga qaysi futbolchini jalb etish murabbiyning vazifasi”, deydi Gravina.
Ma’lumot uchun Italiya Jahon chempionati saralashining “S” guruhida Shveysariyadan so‘ng, ikkinchi o‘rinni egallab, JCH pley-off bosqichida qolib ketgan edi.
LiveBarchasi