Italiya Bosh vaziri iste’foga chiqishi kutilmoqda 

Olam

image

Italiya Bosh vaziri Juzeppe Konte bugun, 26 yanvar kuni iste’foga chiqishini e’lon qilmoqchi. Bu haqda Italiya Hukumati saytiga asoslanib xabar berilgan. 

Xabarda aytilishicha, Konte mahalliy vaqt bilan soat 09:00 da (Toshkent vaqti bilan 13:00) Vazirlar Mahkamasini chaqirtirgan.

U vazirlarga iste’foga chiqish uchun Kvirinal saroyiga (Prezident qarorgohi) borish niyatini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, iste’fo Kontega sobiq Bosh vazir Matteo Rensining "Italiya Viva" partiyasidan ikki vazir iste’foga chiqishini e’lon qilganidan so‘ng mamlakatda davom etayotgan siyosiy inqiroz fonida yangi Hukumat tuzish huquqini beradi.

Ma’lumot o‘rnida, Juzeppe Konte 2018 yildan buyon Italiya Bosh vaziri lavozimini egallab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Juzeppe Konte

Baholaganlar

13

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar