“It hurar – karvon o‘tar”. Zaxarova Rossiyaning BMTdan chiqarib yuborilishiga munosabat bildirdi
Olam
−
28 dekabr 2022
13532Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulebaning Rossiyani BMTdan chiqarib yuborish chaqirig‘ini “it hurar – karvon o‘tar” deb izohladi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Sputnik” radiosi efirida ma’lum qildi.
Radioboshlovchining Kiyevning bunday bayonotlariga Rossiya qanday munosabatda bo‘lishi kerakligi haqidagi savoliga javob berar ekan, TIV vakili hech narsa qilish kerak emasligini aytdi.
“It hurar – karvon o‘tar, xuddi shunday holat. Hech narsa qilishga hojat yo‘q”, deydi u.
Zaxarova Ukraina o‘z tarixida “mamlakatni butunlay vayron qilgan” va uni halokat yoqasiga olib borgan turli shaxslarni boshidan kechirganini esladi.
“Shunchaki e’tiborga olishimiz, siyosatimizni shunga yarasha qurishimiz kerak, lekin ichida tarixiy mohiyat va mantiq yo‘q bu og‘riqli gaplarni tinglash, hattoki buning nimaga olib kelishini hatto xayollarda ham anglash mutlaqo yaramaydi”, deydi diplomat.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 26 dekabr kuni Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Rossiyani Birlashgan Millatlar Tashkilotidan chiqarib yuborishga chaqirdi.
“Ukraina Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlarni Rossiya Federatsiyasining BMTda bo‘lishining qonuniyligi masalalarida BMT Nizomini qo‘llashni qayta ko‘rib chiqishga, Rossiyani BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi maqomidan mahrum qilishga va mamlakatni ushbu tashkilotdan chiqarib tashlashga chaqiradi”, deyilgan bayonotda.
LiveBarchasi