Istiqbolli loyihalar agentligiga direktor tayinlandi
Jamiyat
−
29 aprel 2022
7761Bugun, 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar agentligi direktori lavozimiga Dmitriy Romanovich Li tayinlandi.
Tayinlovga qadar u O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Dmitriy Romanovich Li mehnat faoliyatini xalq ta’limi tizimi ta’minoti sohasida boshlagan, so‘ngra mashinasozlik va metallurgiya sohasida ishlab, turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan.
2017 yil avgustdan LBMA direktori o‘rinbosari bo‘lgan. 2018 yil iyunda Dmitriy Li O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasiga rahbar bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi O‘zbekistan Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi etib qayta tashkil etilgandi.
Agentlik kripto-aktivlar aylanmasi sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, sohada investorlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlash bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi