Iste’molchilardan 900 mln so‘mga yaqin pullarni asossiz olgan tibbiyot muassasalari aniqlandi

Jamiyat

image

Tibbiy texnika jihozlarini qiyoslovdan o‘tkazmagan tibbiyot muassasalariga 44 mingdan ordiq iste’molchilardan asossiz olingan 900 million so‘mga yaqin pul mablag‘larni qaytarish yuzasidan ko‘rsatma berildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda tibbiy asbob-uskunalarning metrologik tekshiruvdan o‘tkazilganlik holatlari yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazganda 6 ta tibbiyot muassasalari (Yunusobod tumani Markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi, Yunusobod tumani tumanlararo 3-son teri-tanosil kasalliklari dispanseri, 7-son shahar klinik shifoxonasi davlat korxonasi, Toshkent shahar Tez tibbiy yordam klinik shifoxonasi, Toshkent shahar 9-son tumanlararo perinatal markazi, Toshkent shahar Ibn Sino nomli shahar klinik shifoxonasi) tomonidan 17 mingdan ortiq iste’molchilardan ko‘rsatilgan sifatsiz xizmat uchun  806 million so‘mlik pul mablag‘larini olganlik holatlari aniqlandi.

Shuningdek, Toshkent viloyatining Qibray tumani tibbiyot birlashmasi tomonidan kafolat muddati o‘tgan sertifikatli texnika jihozi bilan 1 yil davomida  iste’molchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi. O‘rganishlar ishlarida 2023 yilning avgust oyidan 2024 yilning shu oyiga qadar 23 dona tibbiy ko‘rik texnikasi  orqali 550 nafar fuqaroga ko‘rsatilgan xizmat natijasida jami 25 million so‘mga yaqin ortiqcha haq olinganligi aniqlandi.

Sirdaryo viloyatida esa viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida o‘tkazilgan o‘rganishlarda o‘tgan 2021-2022-2023 yillar mobaynida jami 200 dan ortiq pullik xizmat turi bo‘yicha 25 ming 775 nafar iste’molchidan ortiqcha 60 million so‘mga yaqin pul mablag‘lari olinganlik holatlari aniqlangan.

Yuqoridagi hududlar kesimida aniqlangan  holatlardan kelib chiqib, qo‘mitaning hududiy organlari maxsus komissiyalari tomonidan “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning 6 va 21-moddalari va Vazirlar Mahkamasining 225-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomi talablari buzilish alomatlari bilan xizmat ko‘rsatuvchi tibbiyot muassasalariga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Asossiz olingan 900 million so‘mga yaqin pul mablag‘larini 44 mingdan ortiq iste’molchi foydasiga qaytarish bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing