Istanbulga borgan britaniyalik aktrisa Islomni qabul qildi va kinodan ketdi
Madaniyat-san’at
−
29 mart 2021
15790Buyuk Britaniyalik Aisha Rozali Turkiyaga safaridan so‘ng Islom dinini qabul qilib, aktrisalik faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda Onadolu axborot agentligi xabar bermoqda.
Istanbulga sayohatidan keyin Islom dinini qabul qilgan Aisha Rozali aslida Buyuk Britaniyada, ateist oilada tug‘ilgan. Uning eng katta orzusi aktrisa yoki rejissyor bo‘lish edi, chunki talabalik davridan boshlab u kinematografiya sohasida ishlagan
Rozali ko‘plab filmlarda rol ijro etgan, bir qator ssenariylar yozgan va hatto, filmga rejissyorlik qilgan. U Los-Anjelesda ta’lim olgan va bir muncha vaqt AQSHda yashagan.
22 yoshida Rozali Turkiyada kelgan va bu uning hayotida burilish nuqtasi bo‘lgan. Istanbulda, qo‘rquviga qaramay, Sulton Ahmad masjidiga borishga qaror qilgan. G‘arbning Islomga qarshi tashviqoti tufayli u masjidda qo‘pol muomala qilinishidan qo‘rqardi. Biroq, u duch kelgan muhit qizda chuqur taassurot qoldirdi.
“Men Turkiyaga din izlab kelganim yo‘q. Google’da Istanbulda ko‘rish mumkin bo‘lgan diqqatga sazovor joylarni qidirganimda, Sulton Ahmad masjidini topdim. Men uni ko‘zdan kechirmoqchi bo‘ldim. Biroq, meni qo‘rquv bosdi: to‘satdan ular menga baqirib, g‘azablanishsa-chi? Menda musulmonlar haqida yomon tasavvur bor edi, chunki menda ular haqida faqat ommaviy axborot vositalaridan o‘qiganman. Shunga qaramay, baribir men u yerga borishga qaror qildim. Masjidga kirganimda odamlar jamoat namozini o‘qib bo‘lishgan ekan. Atrofda ibodat qilayotganlar bor edi. Namoz o‘qiyotganlarni tomosha qildim va masjid ichidagi go‘zallik va tinchlikdan hayratlandim. Hech kim menga baqirmadi, hech kim menga zarar bermadi, men shunchaki hayratda qoldim”, deydi u.
Rozalining aytishicha, shundan keyin u Islomni jiddiy o‘rganishni boshlagan, so‘ngra Britaniyada musulmon bo‘lishga qaror qilgan.
Qiz aktrisa bo‘lish orzusidan voz kechdi.
Endi 24 yoshni qarshilagan Rozali o‘zining YouTube kanalida kuzatuvchilariga Islom dini haqida ma’lumot berib bormoqda.
“Men odamlarga yordam berishni, ularni dinga yaqinlashtirishni xohlayman. Men Islomni qabul qilgan odamlar haqida hikoya qilaman. Men odamlarga yordam bermoqchiman, bu mening yagona maqsadim. Muvaffaqiyatli bo‘lishga umid qilaman”, deydi Aisha Rozali.
LiveBarchasi