Istanbuldan Farg‘onaga uchgan samolyot Namanganga qo‘ndirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Kecha, 8 iyun kuni Istanbuldan Farg‘onaga HY-278 reysi bilan uchgan samolyot belgilangan manzilga emas, Namangan aeroportiga qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airways” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

“Farg‘ona aeroportidagi ob-havo (kuchli shamol) sabab Istanbul – Farg‘ona yo‘nalishida harakatlangan HY-278 aviaqatnovi Namangan aeroportiga kelib qo‘nganligini ma’lum qiladi”, deyiladi kompaniya xabarida.

Shuningdek, Farg‘ona – Toshkent yo‘nalishidagi HY-82 aviaqatnovi vaqti ham o‘zgargan va u taxminan 00:30 ga ko‘chirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

327

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing