Istanbulda turkmanistonlik o‘lik holda topildi, o‘zbekistonlik ayol hibsga olindi

Olam

image

Istanbulning Moltepa tumanidagi 4 qavatli uyning ikkinchi qavati zinasida 40 yashar Turkmaniston fuqarosi Aziz Boboxonovning jasadi topildi. Voqea joyiga kelgan tibbiy guruhlar Boboxonovning vafot etganini aniqladi. Hodisaga aloqador binoda yashovchi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Voqea joriy yilning 21 may kuni soat 19:00 atrofida Moltepa tumani Findikli mahallasi, Mehmet Akif Ersoy ko‘chasidagi 4 qavatli binoda sodir bo‘lgan. Aholi ikkinchi qavatdagi zinapoyada harakatsiz yotgan odamni ko‘rdi. Bu haqida xabar berilganidan so‘ng voqea joyiga tez yordam va politsiya guruhlari yuborilgan. Shifokorlar yerda yotgan odam o‘lganini aniqlagan. Uning barmoq izlari olinganidan so‘ng, jasad Turkmaniston fuqarosi 40 yoshli Aziz Boboxonovga tegishli ekani ma’lum bo‘lgan. Boboxonovning jasadi ekspertizalardan so‘ng Sud-tibbiyot ekspertizasi instituti o‘likxonasiga jo‘natilgan. 

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu binoda yashovchi 48 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Gulnoza S. qo‘lga olingan. O‘tkazilgan tintuvlar davomida ayolning uyida marhumning shaxsiy buyumlari topilgan. 

Ayol o‘z bayonotida marhum uning yigiti bo‘lgani, kunduzi uyiga kelgani, o‘zbek restoranidan qo‘lbola spirtli ichimliklar sotib olgani, yigit ichganidan so‘ng biroz vaqt o‘tib bezovta bo‘lganini, qizi kelishidan avval yigitni uydan chiqarib yuborganini aytgan. 

Gulnoza S. qo‘shnisinikiga ketayotganida yigiti zinada yotganini ko‘rganini aytgan. Politsiya tomonidan olib borilgan tadbirlardan so‘ng Gulnoza S. sud binosiga o‘tkazildi. Voqea yuzasidan politsiya tekshiruvlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing