Istanbulda Turkiy tilli davlatlar media forumi start oldi
Olam
−
22 Oktabr 2021 4189 2 daqiqa
Bugun, 22 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ommaviy axborot vositalari xodimlari, media sohasi mutaxassislari, akademik va professorlar, talabalar ishtirokida "Olis o‘tmish, buyuk kelajak" nomli media forum o‘z ishini boshladi.
Unda Ozarbayjon, Turkiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Vengriya vahShimoliy Kipr Respublikalaridan (tahr: O‘zbekistonda rasmiy tan olinmagan) 500 ga yaqin media sohasi vakillari ishtirok etmoqda.
Media forum ochilish marosimida Shimoliy Kipr Turk Respublikasi Prezidenti Ersin Tatar, Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Bosh kotibi Bagdat Amriyev, Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxretdin Altun, Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining maslahatchisi Hikmat Xojiyev ishtirok etmoqda.
Ilk bor tashkil etilayotgan media forum ishtirokchilariga Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an videotabrik yo‘lladi.
Forumda kinosanoati va ommaviy axborot vositalari sohasida hamkorlikni rivojlantirish, yolg‘on axborotlarga qarshi birgalikda kurashish masalalari muhokama qilinadi.
Forum ochilish marosimida so‘zga chiqqan Turkiya Prezidenti Administratsiyasi Ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi boshlig‘i Faxretdin Altun, o‘z so‘zida Turkiy tilli davlatlar OAV vakillari soxta va yolg‘on xabarlarga nisbatan bir kuch bo‘lib kurashishi kerakligiga alohida to‘xtaldi.
"Nafaqat siyosat, iqtisod, balki elektron mediala ham adolatni ta’minlashimiz lozim. Elektron fashizm va global yolg‘onga qarshi kurashish kerak", deydi Altun.
Xalqaro forumda O‘zbekiston delegatsiyadan QALAMPIR.UZ internet nashri rahbari Qamariddin Shayxov ham ishtirok etib, nutq so‘zlaydi.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan 2019 yil O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi.
Live
Barchasi