Istanbulda terakt uyushtirmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
3-sahifa
−
09 yanvar 2023
10821Turkiya politsiyasi yangi yil arafasida Istanbulda terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID terrorchilik tashkilotining ikki a’zosini hibsga oldi. Bu haqda “Sabah” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, gumonlanuvchilar O‘zbekiston hamda Tojikiston fuqarolari bo‘lib chiqqan.
“Ular 2022 yilning 31 dekabr kuni yangi yil kirib kelishidan bir necha soat oldin Istanbulning Bashakshehir tumanida ularni kuzatib kelayotgan politsiyachilardan qochishga harakat qilgan. Ammo politsiyachilar gumonlanuvchilarning mashinasi g‘ildiraklariga qarata o‘q uzishga muvaffaq bo‘lgan”, deyiladi xabarda.
Hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi portlovchi moddalar bo‘yicha mutaxassis hisoblanib, unga nisbatan deportatsiya jarayoni boshlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, jangarilar Afg‘onistondagi ISHID terrorchilik guruhidan ko‘rsatmalar olgan va portlovchi moddalar yordamida “qonli” teraktni rejalashtirgan.
Ozoda Choriyeva
LiveBarchasi