Istanbulda ISHID yetakchisi qo‘lga olindi

Olam

image

Turkiyaning Istanbul shahrida ISHID xalqaro terrorchilik guruhi yetakchisi Abu al-Hasan al-Qurayshiy qo‘lga olindi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tkazilgan operatsiya natijalarini tez orada e’lon qiladi. 

ISHID yetakchisini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya Turkiya Milliy razvedka tashkiloti va Terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, Abu al-Hasan al-Qurayshiy ISHIDning sobiq yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Kurayshiyning ukasi. U joriy yilning mart oyida terroristik guruh yetakchisiga aylangan. Uning haqiqiy ismi Juma Avad al-Badri.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

413

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing