Istanbulda avtobus bekatdagi odamlarni urib yubordi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Turkiyaning Istanbul shahrida yo‘lovchi avtobusi bekatda turgan odamlarning ustiga bostirib bordi. Bu haqda “Day.az” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 2 fevral kuni sodir bo‘lgan. Oqibatda 1 kishi halok bo‘lgan va yana besh kishi jarohat olgan. Baxtsiz hodisa qurboni Ozarbayjon fuqarosi ekani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga kelgan tez tibbiy yordam brigadalari jabrlanganlarni eng yaqin kasalxonaga yetkazgan. Jabrlanganlardan biri og‘ir ahvolda.

“Politsiya avtobus haydovchisini hibsga olgan. Baxtsiz hodisa sababi hozircha aniq ochiqlanmagan”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing