Issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar kiritiladi
Jamiyat
−
11 iyun 2023
6099Ayni kunlarda respublikada kuzatilayotgan keskin issiq ob-havo sababli poyezdlar harakati tezligiga cheklovlar joriy etiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lovchi" aksiyadorlik jamiyati xabar berdi.
Bildirilishicha, harorat ko‘tarilishi oqibatida yer usti temir yo‘llarining relslari hamda ularning po‘lat qismlarida harorat juda yuqori bo‘ladi. Shu bois, yo‘lovchilar va poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash maqsadida poyezdlar harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatiladi.
Ma’lum qilinishicha, harakat tezligiga cheklovlar o‘rnatilgan poyezdlar sovutish tizimining ishlash quvvati pasayishi mumkin.
"O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" AJ o‘z mijozlaridan, anomal issiqlik tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi", deyiladi xabarda.
LiveBarchasi