Isroil Jabaliya qochqinlar lageriga yana zarba berdi
Olam
−
01 noyabr 2023 6632 1 daqiqa
Isroil blokada ostidagi G‘azo sektorining shimolida joylashgan Jabaliya qochqinlar lagerini yana bombardimon qildi. Bu haqda WAFA axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isroil qo‘shini Jabaliya qochqinlar lageri joylashgan, ko‘p sonli aholi istiqomat qiladigan Felluja hududini bombardimon qilgan. Mintaqada vayron bo‘lgan binolar qoldiqlari ostida o‘nlab qurbonlar va yaradorlar borligi aytilmoqda.
Televideniye orqali efirga uzatilgan kadrlardan Isroilning Jabaliya qochqinlar lageriga uyushtirgan hujumlari oqibatida bir necha ko‘p qavatli binolar vayron bo‘lganini ko‘rish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 31 oktyabr kuni kechqurun Isroil harbiy-havo kuchlari Jabaliya qochqinlar lageriga hujum qilgan edi. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi hujum oqibatida kamida 100 kishi halok bo‘lganini ma’lum qilgandi. Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Hagariy ham lagerga zarba berilganini tasdiqlagandi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust