Isroil varaqa tashlab, falastinliklarni ko‘chishga chaqirgan hududlarni portlatyapti – “The Guardian” 

Olam

image

Isroil G‘azo janubini bombardimon qilishni kuchaytirmoqda. Bu haqda "Sabah" nashri xabar berdi

Nashrning yozishicha, Isroil G‘azo sektori markazini janubidan ajratishga urinmoqda. Shunday qilib, Isroil uchun G‘azoni ikkiga emas, uch qismga bo‘lish va har bir hududni alohida bosib olish osonroq tuyulmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil tun bo‘yi G‘azoga havodan, quruqlikdan va dengizdan hujum qilgan. Falastin hukumati 3 kundan beri davom etayotgan hujumlarda 1016 nafar tinch aholi vakillarining hayotdan ko‘z yumganini qayd etgan. SAXALning mashhur "Al-Amal" shifoxonasiga ham hujum uyushtirgani aytilmoqda. 

7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azoni bombardimon qilishi oqibatida halok bo‘lgan falastinliklarning soni 15523 nafarga yetgan. Ayanchlisi, ulardan 6150 nafari bolalar va 4000 dan ortig‘i ayollardir.

"The Guardian" nashrining yozishicha, Isroil avvalroq varaqa tashlab, falastinliklarni ko‘chishga "da’vat qilgan" hududga hujumini kuchaytirgan. Bu esa varaqalarga ishonib, u yerga ko‘chib borganlarning o‘limi ko‘payishiga sabab bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

urush Falastin Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made