Isroil va BAA AQSH dallolligida tinchlik kelishuviga erishdi
Olam
−
14 avgust 2020
5292Isroil va Birlashgan Arab Amirliklari yarashuv to‘g‘risidagi kelishuvga erishdi. Bu haqda ikki davlat qo‘shma bayonotidan ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp ham Twitter`dagi sahifasida shu haqda post qoldirdi.
“Prezident Donald Tramp, Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad bin Zoid al-Nahayon birgalikdagi muloqoti vaqtida Isroil va BAA munosabatlarini to‘liq yo‘lga qo‘yishga kelishib oldi”, deyiladi hujjatda.
Bosh vazir Binyamin Netanyaxu tarixiy muvaffaqiyat deb baholadi. Kelishuv to‘liq diplomatik aloqalarni o‘rnatish, elchixonalar ochish, shuningdek, iqtisodiyotga investitsiyalar kiritishni o‘z ichiga oladi.
Tinchlik bitimi Isroil, BAA va AQSHning uzoq davom etgan muloqoti natijasi bo‘ldi. Kelishuv imzolanishi sababli Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilini anneksiya qilish rejasini kechiktirdi.
AQSH Prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, tinchlik bitimi uch hafta ichida Oq uyda imzolanadi.
BAA Isroil bilan tinchlik bitimi imzolagan uchinchi davlat bo‘ldi. Bungacha Misr va Iordaniya yahudiylar davlati bilan tinchlikka imzo qo‘ygandi.
LiveBarchasi
Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi.
15 yanvar
Eron Prezidenti Markaziy Osiyoga keldi.
15 yanvar