Isroil samolyotlari G‘azo sektoriga yana bir zarba berdi
Olam
−
17 aprel 2021
3191Isroil havo kuchlari G‘azo sektorining bloklangan Falastin yarim anklaviga qarshi qator hujumlarni uyushtirdi. “Anadolu” muxbirining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar va jarohat olganlar yo‘q.
Xabarga ko‘ra, Isroil armiyasi qo‘mondonligi Twitter’da G‘azo sektorini boshqaradigan XAMAS harakati pozitsiyalariga havo hujumlari uyushtirilganini, bu “dunyoda eng katta ochiq osmon ostidagi qamoqxona” deb ham nomlanganini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, boshqalar qatorida qurol-yaroq ombori, raketa uchiriladigan joy va yer osti tunnel yo‘q qilingan.
Havo hujumi Isroil janubiga raketa uchirilishiga javob bo‘lgan. Raketa otilishi uchun javobgarlikni hech bir guruh zimmasiga olmadi.
XAMAS ham bu borada hech qanday bayonot bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil harbiylari G‘arbiy sohilda falastinlik namoyishchilarga qarshi o‘q otib, 4 kishini jarohatlagandi.
LiveBarchasi