Isroil Mudofaa vazirining uyidagi farrosh ayg‘oqchi bo‘lib chiqdi

Olam

image

Isroil Bosh xavfsizlik xizmati (Shabak) mamlakat Mudofaa vaziri Beni Gansning uyida farrosh bo‘lib ishlagan ayg‘oqchini qo‘lga oldi. Farrosh Eron foydasiga josuslik qilganlikda gumon qilinib, hibsga olingan. Bu haqda “Fox News” Shabak’ga tayanib, xabar berdi.

Xavfsizlik xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, 37 yoshli Omri Goren “o‘z tashabbusi bilan hibsga olinishidan bir necha kun oldin ijtimoiy tarmoqlardan biri orqali Erondagi tashkilot bilan bog‘lanib, vazirning uyida ekanini hisobga olgan holda turli yo‘llar bilan yordam berishni taklif qilgan”.

Ma’lum bo‘lishicha, farrosh vazir Gansning kompyuteriga zararli dasturlarni o‘rnatishni taklif qilgan. Farrosh Goren pul so‘ragan va Mudofaa vazirining shaxsiy buyumlari, jumladan, kompyuter, stol, telefon, planshet, seyf va oilasining shaxsiy hisoblari suratlarini taqdim etgan.

Xavfsizlik xizmatining axborotiga ko‘ra, farroshning harakatlari jiddiy zarar keltirmagan, chunki u uydagi ma’lumotlar xavfsizligi protokoli tufayli maxfiy ma’lumotlarga kirish imkoniga ega emas edi. Biroq, ushbu hodisa jarayonida protokollar qayta ko‘rib chiqilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing