Isroil Misr va G‘azo o‘rtasida devor qurmoqchi – WSJ 

Olam

image

Isroil HAMAS harakati tomonidan tunnellar qurilishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun G‘azo sektori va Misr chegarasidagi Filadelfiya yo‘lagi yaqinida devor qurmoqchi. Bu haqda “The Wall Street Journal” nashri xabar berdi.

“Isroil HAMASning tunnel qazishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun yo‘lakda devor qurishga intilmoqda, shuningdek, ular hududni kuzatuvchi kameralar va datchiklar ma’lumotlariga kirishni istaydi”, deb yozmoqda gazeta.

Misrlik mulozimning ma’lum qilishicha, Qohira Isroil qo‘shinlarini Rafaq yo‘lagi, Misr va G‘azo sektori o‘rtasidagi chegaradan to‘liq olib chiqib ketish tarafdori. Isroil texnik guruhi Qohiradagi hamkasblari bilan koridor va Rafaq masalalarini muhokama qilish uchun uchrashuvlarni yakunladi, ammo aytarli muvaffaqiyatga erishmadi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan hafta Dohada Qatar, Misr, AQSH va Isroil ishtirokida G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. HAMAS harakati rahbariyati sulh shartlari bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘qligi sababli muzokaralarda ishtirok etishdan bosh tortdi.


Maqola muallifi

Teglar

Misr Isroil G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing