Isroil Madrimov WBO chempionini jangga chorladi

Sport

image

O‘zbekistonlik professional bokschi Isroil Madrimov WBO chempioni Xayme Munguyyaga qarshi jang o‘tkazish istagini bildirdi.

O‘zbek bokschisi o‘zining Instagramdagi sahifasida promouterlari Andrey Ryabinskiy va Eddi Xirnga murojaat qilib, Xayme Munguyya bilan chempionlik jangi tashkil etib berishni so‘ragan.

Ayni paytda meksikalik bokschi birinchi o‘rta vazn toifasi (169,853 kg)da WBO chempionlik kamari sohibi bo‘lib turibdi. 

Ma’lumot uchun, 22 yoshli Xayme kecha Meksikada tashkil etilgan boks oqshomida irlandiyalik 34 yoshli Dennis Xoganni hakamlar qaroriga ko‘ra mag‘lub etib, chempionlik kamarini o‘zida saqlab qolgandi. Hakamlardan biri jang 114-114 hisobidagi durang bilan tugaganini e’tirof etgan. Qolgan ikki hakam 115-113 va 116-112 hisobidagi g‘alabani chempionga taqdim etishgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

professional bokschi

Baholaganlar

60

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar