Isroil Livan hududiga hujum qildi

Olam 13661
image

Isroil mudofaa kuchlari artilleriyadan Livan janubidagi nishonlarga hujum qildi. Bu haqda Isroil harbiylari xabar bergan.

“Isroil artilleriya kuchlari hozirda Livandagi nishonga hujum qilmoqda va Isroil hududiga [raketa] uchirilishiga javoban o‘q uzmoqda”, deyiladi bayonotda.

Avvalroq Qatarning “Al-Jazeera” telekanali Livan janubidagi noma’lum jangarilar Isroil tomon raketa otgani, yahudiy aholi punktlariga yetib bormay, ochiq maydonda portlab ketgani haqida xabar bergandi. Shu bilan birga, Isroil harbiylari Livan hududidan raketa uchirilishini qayd etgani, biroq havo hujumi signalini yoqmagani ko‘rsatilgan. Telekanal chegaradagi vaziyatni Sharqiy Quddus va G‘arbiy Sohilda kuchaygan zo‘ravonlik bilan bog‘lagan.

Livan askarlari va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Livandagi Muvaqqat kuchlarining chegaraga joylashtirilgan tinchlikparvar kuchlari raketa qurilmalarini topgan, ammo sulhni buzganlarni qo‘lga ololmagan.

Sunnatilla Abdullayev
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 712
Reyting: 2.9
t
×