Isroil G‘azo sektoriga hujum qildi
Olam
−
04 dekabr 2022
7708Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektoriga hujum qildi. Bu haqda mamlakat armiyasi xabar berdi.
"Isroil hududi tomon uchirilgan raketaga javoban qiruvchi samolyotlar HAMAS tashkilotiga tegishli qurol ishlab chiqaruvchi korxonaga hujum qildi", deyiladi bayonotda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu ob’ekt HAMAS tashkilotining asosiy ishlab chiqarish ob’ekti sifatida foydalaniladi. Bu yerda tashkilotning G‘azo sektoridagi raketalarining aksariyati ishlab chiqariladi.
“Bundan tashqari, Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi HAMAS terrorchilarining tunneliga hujum qildi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida qurbon bo‘lganlar yo‘q,
Ma’lumot uchun, HAMAS harakati G‘azo sektorida 2007 yildan beri hukmronlik qilayotgan falastinliklarning islomiy harakati hisoblanadi.
HAMAS Isroil, Kanada, AQSH, Yaponiya, Yevropa Ittifoqi, Amerika Davlatlari Tashkiloti va boshqa qator davlatlar tomonidan terrorchi tashkilot deb topilgan. Iordaniya va Misrda ham taqiqlangan. HAMAS Rossiya, Norvegiya, Turkiya va Xitoyda terrorchi tashkilot sifatida tan olinmagan.
LiveBarchasi