Isroil Falastinga havo hujumlarini uyushtirdi

Olam

image

Bugun, 2 fevral kuni ertalab soat 03:15 da Isroil armiyasi Falastinning G‘azo harbiy sektor markaziga aviahujum uyushtirdi. Bu haqda “Barrons” nashri xabar berdi.

Mahalliy xavfsizlik manbalariga ko‘ra, birinchi zarbalar (kamida yettita) Falastin islomiy harakati XAMASning qurolli qanoti – Ezidin al-Qassam brigadalarining o‘quv markaziga yuborilgan. Markaz G‘azo sektori markazidagi Al-Mag‘ozi qochqinlar lagerida joylashgan. 

Shuningdek, Isroil armiyasi tomonidan havo hujumlarining ikkinchi bosqichida G‘azo shahrining janubi-g‘arbidagi al-Qassam brigadalari o‘quv markazi nishonga olindi. Birinchi havo hujumining guvohi bo‘lgan odamlar G‘azo sektoridan Isroil tomon yana ikkita raketa otilganini ko‘rgan va guvohlarning aytishicha, yana bir necha raketa turli joylardan otilgan.

Keyinroq Isroil mudofaa armiyasi Falastinga berilgan zarbalar haqida Twitter'da ma’lum qildi. Unda Isroil XAMASning qurol-yarog‘ zavodi va kimyoviy xomashyo ishlab chiqaradigan zavodga aviazarba yo‘llagani da’vo qilingan.

“Isroil mudofaa armiyasi XAMASni G‘azodan kelib chiqqan barcha teraktlar uchun javobgar deb hisoblaydi, guruh Isroil xavfsizligini buzishning oqibatlariga duch kelmoqda”, deyiladi bayonotda.

Ma’lumot uchun, 2,3 million aholi zich joylashgan G‘azo 2007 yilda XAMAS hokimiyatni qo‘lga olganidan beri Isroil blokadasi ostida. Qurbonlar yoki yetkazilgan zarar ko‘lami haqida hozircha ma’lumot berilmagan.

Nurmuhammad Fayzullayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing