Boks cho‘qqisiga chiqayotgan o‘zbek
Intervyu
−
20 yanvar 2023
16202Boks – bu shunchaki mushtlashuv emas, boks – iroda, xarakter, jasorat jangi. 2016 yilgi Rio Olimpiadasi effektida o‘zbek boksida yangi era boshlandi. Riodagi muvaffaqiyatlar orqali o‘zbek bokschilari barcha o‘zbekistonliklarni g‘alabalarga, katta natijalarga o‘rgatib qo‘ydi.
QALAMPIR.UZ sayti yuqorida ta’kdilab o‘tilgan erani munosib davom ettirib kelayotgan professional bokschi Isroil Madrimov bilan suhbat qurib, uning faoliyatiga doir ko‘pgina qiziqarli savollarga javob oldi.
Ushbu videointervyuni yuqoridagi videopleyerda yoki QALAMPIR.UZ'ning YouTube kanalida tomosha qilishingiz mumkin.
Shahzod Shukurov, muxbir: — O‘zbek boksida shunday bir muammo borki, o‘sha muammoni bartaraf etilsa boksimizning rivojlanishi yanada tezlashadi. Sizningcha, bu qanday muammo?
Isroil Madrimov, professional bokschi: — Hozirgi kunda o‘zbek boksi dunyo yetakchilaridan biri hisoblanadi. Boksda kichik muammolar bo‘lishi mumkin, lekin katta masalalar yo‘q. O‘zbek boksi professional boksga endi kirib kelmoqda. Bu borada kamchiliklarimiz bor, lekin muammolarni sekin-asta bartaraf etamiz.
Sh.Sh.: — 2023 yilda Toshkent mundialida ishtirok etasizmi?
I.M.: — Hozirda men professional boksda WBA kamari uchun a’sosiy da’vogarman. Shuning uchun asosan e’tiborim profboksga qaratilgan. Hammasini vaqt ko‘rsatadi. Toshkent mundialida ishtirok etishim ehtimoli ham bor.
Sh.Sh.: — O‘tgan yil avgust oyida uylandingiz. Yangicha hayot tarzi boksdagi faoliyatingizga qay darajada ta’sir o‘tkazdi?
I. M.: — Oila – hayot mazmuni. Uylanish juda katta baxt ekan. Yosh oila bo‘lganimiz uchun qandaydir muammolar boksdagi faoliyatimiga ta’sir o‘tkazayotgani yo‘q.
Sh.Sh.: — Bolalikdan qaysi boks yulduzlarini kuzatgansiz? Boksda kumiringiz bormi?
I.M.: — Muhammad Ali, Mayk Tayson va Genadiy Golovkin kabi boks yulduzlarining janglarini kuzatib katta bo‘lganman. Aynan bir bokschini kumirim deya olmayman. Har bitta bokschining qaysidir jihatlarini o‘rganib, jangda o‘rganganlarimdan foydalanishga harakat qilaman.
Sh.Sh.: — Faoliyatingizdagi eng muhim jang qaysi?
I.M.: — Fransiyalik Mishel Sorroga qarshi birinchi jangim faoliyatimidagi eng muhim bahslardan biri bo‘ldi deya olaman. Bu jang O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgandi. Bosim ham ikki hissa kuchli edi. Sorroga qarshi birinchi jang uchun juda qattiq mehnat qildim. Bu men uchun katta tajriba bo‘ldi.
Sh.Sh.: — Bloger va aktyorlarning boksda faoliyat yuritishiga munosabatingiz qanday?
I.M.: — Ular boksni tanlagani ham bir tarafdan ijobiy holat. Bu holat bo‘yicha hammada har xil talqin mavjud. Bloger va aktyorlar orqali ko‘pchilikning boksga qiziqishi ortadi va boks to‘garaklariga qatnaydigan yoshlar ko‘payishi mumkin.
Sh.Sh.: — Mishel Sorroga qarshi uchinchi jang bo‘yicha muzokaralar ketyaptimi?
I.M.: — Menimcha, Sorroga qarshi uchinchi jang bo‘lmaydi. Hozirda boshqa raqiblar bilan muzokaralar ketyapti. Triologiya bo‘lmaydi.
Sh.Sh.: — Shohjahon Ergashev va Shahram G‘iyosov o‘rtasidagi bo‘lajak jang haqida fikringiz qanday? Qaysi bokschining imkoniyatini yuqoriroq baholaysiz?
I.M.: — Menimcha, bu jang ham o‘tkazilmaydi. Ergashev-G‘iyosov to‘qnashuvi promouterlarga kerak emas. Proumoterlar bu jangni o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaydi.
Sh.Sh.: — Qaysi mamlakat bokschilarining uslubi sizga biroz noqulayroq?
I.M.: — Meksika bokschilari juda chidamli. Ular bor kuchini asosan oxirgi raundlar uchun asraydi. Amerikalik bokschilarning texnikasi juda kuchli.
Ko‘proq amerikaliklarning uslubini xavfliroq deyishim mumkin.
Sh.Sh.: — Janglardan oldin “Face-to-face” marosimida nimaga ahamiyat beriladi?
I.M.: — “Face-to-face” marosimi ba’zida kulgimni keltiradi. “Face-to-face”da maqtangan bokschi ringda o‘zi aytganlarining o‘n foizini ham qila olmasligi mumkin. “Face-to-face” marosimida jig‘imga o‘ynagan bokschilar bo‘lgan va ular bu uchun ringda javob bergan.
Sh.Sh.: — Siz uchun boskdagi cho‘qqi nima?
I.M.: — Muxlislar meni uslubim va texnikam bilan eslashi men uchun cho‘qqi hisoblanadi.
Blits savollar
— Shohjahon Ergashev yoki Shahram G‘iyosov?
— Shahram G‘iyosov.
— WBC kamari yoki Olimpiada oltin medali?
— Olimpiada oltin medali.
— Jaloliddin Masharipov yoki Eldor Shomurodov?
— Ikkasi ham.
Sh.Sh.: — Bokschilarimizdan iborat ramziy terma jamoa tuzib buring?
Ramziy terma jamoa:
Darvozabon: Murodjon Ahmadaliyev;
Himoya: Fazliddin G‘oyibnazarov, Elnur Abduraimov, Bektemir Mo‘liqo‘ziyev, Sanjar Tursunov;
Yarim himoya: Shahram G‘iyosov, Isroil Madrimov, Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov;
Hujum: Hasanboy Do‘smatov, To‘lqin Qilichev.
LiveBarchasi