Ispaniyaning sobiq qiroli soliq qarzi sifatida 4,3 mln yevro to‘ladi

Olam

image

2014 yilda Ispaniya taxtidan voz kechgan Xuan Karlos I mamlakat soliq idorasiga 4 395 901 yevro miqdorida qarzini to‘ladi. Bu haqda uning advokati Xaver Sanches-Yunko ma’lum qilgan.

Advokatga ko‘ra, sobiq qirol soliq to‘lashni kechiktirgani uchun qo‘shimcha foiz ham to‘lagan. 

O‘tgan yilning 9 dekabrida Karlos Ispaniyada 2016 yildan 2018 yilgacha bo‘lgan davrda soliq qarzlari bo‘yicha 678 ming yevrodan ortiq pul to‘lagan edi. Gap bir necha yil davomida e’lon qilinmagan daromadlar haqida ketmoqda, ularning umumiy miqdori naqd pulsiz 8 mln yevrodan oshishi mumkin. 

Bundan tashqari, Ispaniya Oliy sudi prokuraturasi sobiq qirol bilan bog‘liq yana ikkita tergov olib bormoqda. Ulardan biri, Makka-Madina yo‘nalishida tezyurar temir yo‘l qurilishi shartnomasi Ispaniya kompaniyalari konsorsiumiga o‘tishi uchun Saudiya tomoni bilan muzokaralarda vositachi vazifasi uchun pul olgani aytilmoqda. 

Shuningdek, Xuan Karlos I ning soliq idoralaridan yashiringan Jersi orolidagi mablag‘larlari bo‘lishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Xuan Karlos I

Baholaganlar

37

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar