Ispaniyada reperga berilgan hukm tufayli tartibsizliklar bo‘lib o‘tdi

Jamiyat

image

Ispaniyada reper Pablo Aselning hibsga olinishi va jazoga tortilishi sababli uch kundan beri tartibsizliklar bo‘lib o‘tmoqda. U terrorizmni qo‘llab-quvvatlash va tojni haqorat qilishda aybdor deb topilgan.

Asosiy noroziliklar Barselonada bo‘lib o‘tmoqda. Yuzlab odamlar ko‘chalarga chiqqan. Ular to‘siqlar yuzaga keltirib, axlat konteynerlarini yoqqan, toshlar va boshqa elementlarni huquqni muhofaza qilish organlari xodimlariga qarata otgan.

Kataloniya politsiyasi namoyishchilar politsiya xodimlariga tosh va butilkalarni uloqtirayotgani, shuningdek politsiya avtomobillariga tosh otayotgani haqida xabar tarqatdi. Bundan tashqari, namoyishlar paytida ba’zi muassasalarning derazalari sindirib tashlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

71

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing