Ispaniyada Qatarning sobiq malikasi o‘lik holda topildi

Olam

image

Matbuotda Qatarning sobiq malikasi sifatida tilga olinadigan Kaziya Galliano Ispaniyadagi uyida o‘lik holda topildi. Bu haqda chorshanba kuni TASS agentligiga qirollik milliy politsiyasi xabar berdi.

“Yakshanba kuni turar-joy binosida o‘lik ayol topildi. Taxminlarga ko‘ra, bu o‘sha ayol (sobiq malika)”, deya uning kimligini tasdiqlagan politsiya.

Politsiya jasaddan zo‘ravonlik belgilarini topmagan, endilikda otopsiya tekshiruvi tayinlangan. Shuningdek, ayol narkotikdan o‘lgan bo‘lishi mumkinligi ham aytilmoqda.

EFE agentligi ma’lumotiga ko‘ra, 46 yoshli ayolning jasadi Andalusiyaning Marbella shahridagi uyidan o‘lik holda topilgan. Sobiq malikaning Fransiyada yashovchi qizi qirollikning huquq-tartibot idoralariga murojaat qilgan, chunki onasi bir necha kun davomida qo‘ng‘iroqlarga javob bermagan.

Galliano Qatar amirining amakisi Abdul Aziz bin Xalifa al-Tanining uchinchi xotini rafiqasi edi. Er-xotin 2012 yilda ajralishgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing