Ispaniyada izolyatsiya cheklovlari to‘liq olib tashlandi

Olam

image

Bugun, 2 maydan boshlab Ispaniyada bir qancha koronavirus tarqalishi tufayli joriy etilgan cheklov choralari olib tashlandi. Endi mamlakat fuqarolari ko‘chada erkin sayr qilishlar va sport bilan shug‘ullanishlari mumkin. Bu haqda Hukumat rasmiy sayti xabar berdi.

Avvalroq bu cheklovlar biroz yumshatilib, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar hamrohligida uy atrofida sayr qilishga ruxsat berilgan edi. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish faqat o‘z yashash joylari yaqinida bo‘lishi kerak edi.

Kelgusida ushbu cheklovlarni yanada yumshatish ko‘zda tutilgan. Yoz fasli kelgunicha mamlakatda cheklovlarning 90 foizi olib tashlanishi ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, cheklovlarning yangi yumshatilishlari haqidagi xabar 4 may kuni ham e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Unda savdo do‘konlari, bir qator xizmat ko‘rsatuvchi muassasalar faoliyatiga ruxsat berilishi kutilmoqda.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirus bilan bog‘liq 242 988 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 142 450 nafari sog‘aygan, 24 824 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 75 714 kishini tashkil qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Ispaniyada

Baholaganlar

123

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing