Ispaniyada general qariyalardan oldin navbatsiz emlangani uchun iste’foga chiqdi
Olam
−
24 yanvar 2021
3419Ispaniya Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i general Migel Anxel Vilyarroya yangi koronavirusga qarshi emlanganidan so‘ng yuzaga kelgan ziddiyatlar tufayli iste’foga chiqishga qaror qildi. Bu haqda “Europa Press” agentligi xabar berdi.
General navbatdan tashqari emlanganlikda ayblangan. Natijada, Bosh shtab boshlig‘i Ispaniya Mudofaa vaziri Margarita Roblesga iste’foga chiqish to‘g‘risida ariza topshirgan. Shu bilan birga, Vilyarroya belgilangan protokollarga amal qilgani va mavqeini suiste’mol qilmasligiga ishontirgan.
O‘tgan yilning 27 dekabrida Ispaniyada emlash kampaniyasi boshlandi. Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligining qaroriga ko‘ra, birinchi bo‘lib vaksinani qariyalar uylari vakillari, shuningdek tibbiyot xodimlari olishi kerak edi.
Ispaniyada infeksiya tarqalishi boshlanganidan beri deyarli 2,5 milliondan ortiq yuqtirish holatlari aniqlandi. Umuman olganda, qirollikda koronavirus tufayli 55,4 ming kishi vafot etgan. Rojdestvo bayramidan so‘ng, mamlakatda infeksiya tarqalishi yana o‘sishni boshladi. Shu munosabat bilan, turli mintaqalar hokimiyatlarii cheklov choralarini kuchaytirishga majbur bo‘ldi.
LiveBarchasi