Ispaniyada futbolchi jinsiy zo‘ravonlikda ayblanib, 4 yilga qamaldi

Sport

image

Ispaniyaning “Selta” jamoasi hujumchisi Santi Mina 2017 yilgi jinsiy zo‘ravonlik ishida aybdor deb topildi. Bu haqda “AS” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, jinsiy tajovuz 2017 yilning 16 iyun kuni sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi o‘sha paytlarda “Valensiya” sharafini himoya qilgan. Mina voqea yuz bergan kuni do‘sti David Goldarning furgoniga borgan va u yerdagi ayolga “uni juda yaxshi ko‘rishini” aytgan. Biroq jabrlanuvchi Santining “sevgisini” rad etgan. Bundan g‘azablangan Mina ayolga jinsiy tajovuz qilgan.

Ushbu voqea yuzasidan, sud “Selta” hujumchisini 4 yillik qamoq jazosiga hukm qildi. Shuningdek, u jabrlanuvchiga 50 ming yevro tovon puli to‘laydi. Mina 12 yil davomida jabrlanuvchidan 500 metr uzoqda yurishi kerak.

Qayd etish joizki, Mina o‘ziga nisbatan qo‘yilgan ayblovlarni keskin rad etmoqda. Hujumchining iddao qilishicha, sodir bo‘lgan voqealar ikki tomonning o‘zaro kelishuvi asosida yuz bergan.

Ma’lumot o‘rnida, Santi Mina jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan birinchi futbolchi emas. “Manchester Siti” futbolchisi Benjamin Mendi jinsiy tajovuzda ayblanib, uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

250

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing