Ispaniya va Germaniya murabbiylari mundial finalida uchrashishga kelishib oldi

Sport

image

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Germaniya bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi, shuningdek, Enrike Flik bilan Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionati finalida uchrashishga kelishib olganini aytdi.

“Men uni hurmat qilaman – u nihoyatda bilimli va darajasi juda yuqori. Qolaversa, jamoadagi futbolchilar Flikga hurmat bilan qarashadi. Biz finalda uchrashishga kelishib oldik... Hammaga  ma’lumki, Germaniya bilan yana to‘qnash kelishning yagona yo‘li turnir finaliga chiqishdir”, deydi Enrike.

Avvalroq, Ispaniya va Germaniya terma jamoalari guruh bosqichining 2-turida to‘qnash kelib, yakunda tomonlar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekkandi.


Maqola muallifi

Teglar

Enrike Flik

Baholaganlar

54

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar