Ispaniya, Portugaliya va Ukraina Jahon chempionati mezbonligi uchun ariza topshirdi

Sport

image

Ispaniya, Portugaliya va Ukraina futbol bo‘yicha 2030 yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilishga rasman da’vo qilmoqda. Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ariza Ispaniya hukumati tomonidan ma’qullangan. Shuningdek, UEFA tomonidan ham ushbu tashabbus so‘zsiz qo‘llab-quvvatlangan.

“Biz global futbol oilasi ushbu tashabbusni qabul qilishiga va qo‘llab-quvvatlashiga ishonamiz”, deyiladi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi bayonotida.

Avvalroq, Ispaniya, Portugaliya va Ukraina 2030 yilgi Jahon chempionatini birgalikda o‘tkazish uchun ariza topshirmoqchiligi to‘g‘risida xabarlar tarqalgandi. Ukraina guruhlardan birining o‘yinlariga mezbonlik qilishi rejalashtirilgan. 

Ma’lumot uchun, Marokash, Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya birgalikda, Urugvay, Argentina, Paragvay va Chili ham 2030 yilgi Jahon chempionatini tashkil etishga da’vogarlik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jahon chempionati-2030

Baholaganlar

17

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar