Ispaniya klublari Angliya jamoalaridan pastroq darajada ekanini aytishdi – Anchelotti

Sport

image

Ispaniya klublari Angliya jamoalaridan kuchsiz, deb e’tirof etilgandi, biroq YeCHLning yarim finaliga ikkita ispan klubi chiqdi. “Real Madrid” ustozi Karlo Anchelotti chorak finalning javob uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida aytib o‘tdi, bu haqda “Movistar” nashri ma’lum qildi.

“Biz ozgina qiynalishimiz kerak edi. Menimcha, bizga gol urish uchun ishtiyoq yetishmadi. Chunki golga ehtiyojimiz yo‘q edi. Ikkinchi gol kutilmaganda sodir bo‘ldi va 0-3 dan keyin diqqatni jamlab, muvaffaqiyat uchun bor kuchimizni maydonga tashladik. Oxir-oqibat, haqli g‘alabaga erishdik. 0-3 hisobidan so‘ng o‘zimizni erkinroq his qildik. Bu klub va stadion sehrli ekanligini butun dunyoga yana bir marta isbotladik, deb o‘ylayman. Ko‘pchilik ispan klublari ingliz jamoalaridan pastroq darajada ekanini aytdi. Biroq Ispaniyaning ikkita klubi yarim finalga chiqdi”, degan “Real Madrid” ustozi.

Ma’lumot o‘rnida, bugun, 13 aprel kuni “Atletiko Madrid” o‘z uyida “Manchester Siti”ni mehmon qilsa, “Liverpul” “Enfild”da “Benfika”ni yana bir bor sinovdan o‘tkazadi. Ushbu ikki bahs bilan YeCHLning chorak final uchrashuvlari poyoniga yetadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

27

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing