Ispaniya Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishdan bosh tortdi

Olam

image

Ispaniya Milliy olimpiya qo‘mitasi 2030 yilgi Qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilish uchun ariza berishdan bosh tortdi. Bu haqda Ispaniyaning “Cadenaser” agentligi xabar berdi. 

Bunday qarorga Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Aragon va Kataloniya avtonom jamoalari rasmiylari sport tadbirlarini taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erisha olmagani sabab bo‘lgan. 

“Loyiha ajoyib edi, lekin biz ichki kelishuvga erisha olmadik. Biz Xalqaro olimpiya qo‘mitasi va xalqaro matbuot uchun yaratgan imidjimiz eng zo‘ri emas”, deydi Ispaniya MOQ rahbari Alexandro Blanko.

Shu bilan birga, Ispaniya Milliy olimpiya qo‘mitasi 2034 yilda Qishki Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilish imkoniyatini istisno etmagan. 

Kataloniya va Aragon kelajakda o‘yinlarni o‘tkazish imkoniyatidan voz kechmasliklarini, balki buni alohida-alohida amalga oshirishga harakat qilishlarini ma’lum qilishgan.

Ma’lumot o‘rnida, 2030 yilgi Qishki Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladigan joy Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining 2023 yildagi sessiyasida e’lon qilinadi.

2026 yilda esa Italiyada qishki Olimpiya o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

94

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing