Ispaniya qiroli koronavirus sababli o‘zini yakkaladi

Olam

image

Ispaniya qiroli Filipp VI koronavirusga chalingan odam bilan muloqotda bo‘lgani uchun o‘zini yakkaladi. Bu haqda “El Pais” xabar bergan. 

Manbaga ko‘ra, monarx 22 noyabr kuni koronavirusga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgan. Shu bois u sanitariya me’yorlariga rioya qilgan holda, 10 kun davomida o‘zini izolyatsiya qiladi. 

Qirolning rasmiy faoliyati 10 kun davomida to‘xtatiladi. Karantin qirol oilasining boshqa a’zolari faoliyatiga ta’sir qilmaydi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning sentyabr oyida Ispaniya taxtining merosxo‘ri, Asturiya malikasi Leonor o‘z sinfidagi o‘quvchiga koronavirus tashxisi qo‘yilgandan keyin uy karantiniga olingan. Malika Ispaniya poytaxtidagi maktabda o‘qiydi. 

Malikaning koronavirusga topshirgan testida manfiy natija qayd etilgan. 

Ayni vaqtda Ispaniyada koronavirusga chalinganlar 1,58 milliondan oshgan. 43 mingdan ko‘p bemor ushbu xavfli virusdan vafot etgan. 

Mamlakatda joriy yilning 25 oktyabridan 2021 yilning may oyigacha yuqori ogohlantirish rejimi amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

FILIPP VI

Baholaganlar

19

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar