Ispaniya ham rus diplomatlarini quvishga qaror qildi
Olam
−
05 aprel 2022
3969Ispaniya hukumati Rossiyaning 25 nafar diplomatini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda Ispaniya Tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albares ma’lum qildi.
“Sizlarga shuni ma’lum qilmoqchimanki, bugun ertalab biz mamlakatimiz xavfsizlik manfaatlariga tahdid solayotgan Rossiya diplomatlari va Ispaniyadagi elchixonasi xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildik. Gap 25 kishi haqida ketmoqda”, deydi
Vazirga ko‘ra, Rossiya diplomatlariga mamlakatni tark etish uchun bir necha kun vaqt beriladi.
Ma’lumot o‘rnida, kecha, 4 aprel kuni Rossiyaning Berlindagi elchisi Germaniya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, Rossiya diplomatik missiyasining 40 nafar xodimi mamlakatdan chiqarib yuborilgani haqida ogohlantirilgan. Shuningdek, Parij rossiyalik 35 diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishini ma’lum qilgan.
Joriy yilning 29 mart kuni Yevropaning bir qator davlatlari, jumladan Belgiya, Niderlandiya va Irlandiya Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida rossiyalik diplomatlarni chiqarib yuborishini ma’lum qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 nafar rossiyalik diplomat Belgiyani, 17 nafari Niderlandiyani, to‘rt nafari Irlandiyani tark etishi kerak.
LiveBarchasi