Ispan klubi Xoland bilan kelishuvga yaqin

Sport

image

Madridning “Real” klubi Erling Xoland bilan hal qiluvchi muzokaralar olib bordi va hujumchini shu yozda sotib olishiga ishonmoqda. Bu haqda “Goal” nashri xabar berdi.

Klub Xoland vakillari, jumladan uning otasi bilan muzokaralar olib bordi. Dortmundliklar ham “Real Madrid”ning qiziqishidan allaqachon xabardor.

Kelishuv asosan Xolandning xohishiga bog‘liq, chunki u xohlasa, shu yozdayoq “Real”ga o‘tishi mumkin. Sababi, norvegning shartnomasida ko‘rsatilganki, agar, u shartnomasi tugagach ketishni istasa, Xoland o‘tishni xohlagan klub “Borussiya Dortmund” hisobiga 75 million yevro o‘tkazib bersa yetarli. Chunki norvegiyalik hujumchining shartnomasida aynan shunday band bor.

Ma’lumot o‘rnida, Xoland joriy mavsum “Borussiya Dortmund” safida Bundesliga doirasida  14 uchrashuvda maydonga tushib, 16 gol va 6 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portal norveg uchun 150 million dollarlik narx belgilagan. Ya’ni bu narx shartnomasida ko‘rsatilganidan 2 barobar ko‘pdir.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

117

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing