Islomoboddan Londonga uchayotgan samolyot favqulodda Toshkentga qo‘ndi
Jamiyat
−
22 Sentabr 2021
9398Bugun, 22 sentyabr kuni Pokiston poytaxti Islomoboddan Buyuk Britaniya poytaxti Londonga uchayotgan samolyot yo‘lovchi ayolning o‘limi tufayli O‘zbekiston poytaxti Toshkentga favqulodda qo‘ndi.
“Novosti Tashkentskogo Neba”ning xabar berishicha, British Airways’ning Islomoboddan Londonga uchayotgan Boeing 777-200ER samolyoti Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ngan.
“Buyuk Britaniyaning Islomobod – London yo‘nalishi bo‘yicha uchayotgan VA-260 reysi ekipaji parvoz vaqtida Toshkentdagi zahira aeroportga qo‘nish haqida qaror qabul qildi”, deyiladi xabarda.
AviaSpotter’ga ko‘ra, ushbu reysdagi 83 yoshli yo‘lovchi ayol o‘zini yomon his qilgan. Samolyot Toshkentga yetib kelganida ayol vafot etgan. Barcha yo‘lovchilar samolyotdan tushirilib, Toshkent aeroporti hududiga joylashtirilgan.
Bundan tashqari, ushbu ma’lumotni Toshkent aeroporti xodimi ham tasdiqlagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ayolning o‘limiga yurak urishining to‘xtashi sabab bo‘lgan. Biroq, u marhumaning qaysi davlat fuqarosi ekanligini ayta olmagan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston orqali evakuatsiya qilinayotgan afg‘onistonlik ayol o‘g‘il farzandli bo‘lgandi.
LiveBarchasi