Islom olami liderlari Mirziyoyevni Ramazon hayiti bilan tabriklamoqda

Jamiyat

image

Ushbu qutlug‘ ayyom kunlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlari, taniqli siyosat va jamoat arboblari, ulamolardan butun musulmon olami uchun muqaddas Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabrik va tilaklar izhor etilgan qutlovlar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar o‘z tabriknomalarida ko‘p millatli  o‘zbek xalqiga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilab, O‘zbekiston bilan do‘stlik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish borasidagi intilishi qat’iy ekanini tasdiqlagan.

Xususan, quyidagilar o‘z tabriklarini yo‘llagan:

  • Saudiya Arabistoni Podshohi, Ikki muqaddas masjid xodimi Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud
  • Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayip Erdog‘an
  • Qozog‘iston Respublikasining Birinchi Prezidenti – Elboshi Nursulton Nazarboyev
  • Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart TO‘qayev
  • Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov
  • Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon
  • Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov
  • Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev
  • Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani
  • Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy
  • Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi
  • Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Xalifa bin Zoid Al-Nahayon
  • Quvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
  • O‘mon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said
  • Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Al Xalifa
  • Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II
  • Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulmajid Tabbun
  • Tunis Respublikasi Prezidenti Qais Said  
  • Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yoqub
  • Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos
  • Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Kengashi raisi o‘rinbosari, mudofaa vaziri Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Al-Saud
  • Birlashgan Arab Amirliklari Qurolli kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Abu-Dabi Amirligi valiahdi Muhammad bin Zoid Ol Nahayon
  • Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Muhammad bin Roshid Al-Maktum
  • Quvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh
  • Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun
  • Islom taraqqiyot banki guruhi prezidenti Bandar bin Muhammad Hamza Hadjar
  • Turkiy kengash bosh kotibi Bag‘dod Amreyev
  • Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Hodi Sulaymonpur
  • Kavkaz musulmonlari idorasi raisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

89

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing