Isroil Bosh vaziri Ukrainaga keldi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy va Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bugun, 19-avgust kuni Kiyevda rasmiy uchrashuv o‘tkazadi va Ukraina-Isroil hujjatlariga imzo chekadi, deya xabar bermoqda EurAsiadaily.

Mariinskiy saroyidagi uchrashuv soat 10:30da boshlanadi, shundan keyin soat 12:45da hujjatlarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi.

Soat 13:00 da Zelenskiy va Netanyaxuning OAV uchun bayonotlari rejalashtirilgan. Bundan tashqari, soat 15:20da Ukraina Prezidenti va Isroil Bosh vaziri Babi Yar fojiasi qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi.

Isroil Bosh vaziri 18 avgust kuni Kiyevga jo‘nashidan oldin ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi muzokaralarning asosiy mavzularini ochib bergan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Netanyaxu ukrainalik hamkasbi bilan pensiya shartnomasi va erkin savdo zonasini yaratish masalasini muhokama qilish niyatida. Shuningdek, u ikki mamlakat o‘rtasidagi yaqin aloqalarni qayd etdi.

"Ukrainadan kelgan yuz minglab Isroil fuqarolari bor, ular ikki davlatning jonli rishtasi bo‘lib, ular o‘rtasidagi munosabatlar mustahkamlanib bormoqda", dedi Netanyaxu.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

22

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing