Reper Shohruh Shodmonov deputatlikka nomzodini qo‘ydi
Madaniyat-san’at
−
06 dekabr 2019
18701O‘zbekistonlik taniqli rep xonandasi Shohruh Shodmonov joriy yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlar deputatlari saylovida o‘z nomzodini ilgari surmoqda. Bu haqda uning o‘zi ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
Shohuruh Shodmonov Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi a’zosi. Uning nomzodi 9-Labixovuz saylov okrugi bo‘yicha Xalq deputatlari Chilonzor tumani kengashi deputatligiga qo‘yilgan.
“Aziz yurtdoshlar! Sizlarga ma’lumki, men musiqa bilan hobbi sifatida shug‘ullanganman, lekin hayot faqat qo‘shiqlardan iborat emas. Men ham yurtimizning rivojiga hissa qo‘shmoqchiman. Bu borada sizlarning fikringiz qanday?”, deb yozgan xonanda ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Ma’lumot o‘rnida, 2004 yilda “Balanda”, “Bolaligim” qo‘shiqlari bilan shou-biznesga kirib kelgan.
U Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tahsil olgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Jahongir Ortiqxo‘jayev va O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripovning qizi Yulduz Oripovaning nomzodi ham deputatlikka ko‘rsatilgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi