Islom aka kamtar inson edilar – Mirziyoyev Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
Jamiyat
−
15 aprel 2021 16415 1 daqiqa
Davlat rahbari Samarqandga safari chog‘ida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Marhumning haqiga Qur’on tilovat etildi.

“O‘tganlarni yaxshi amallari bilan eslash, ruhlarini shod etish muqaddas qadriyatlarimizdandir”. Ulamolar bilan suhbatda Islom Karimovning ana shunday insoniy fazilatlari yodga olindi.
“Islom aka kamtar inson edilar. Bu maqbara ham o‘zlariga munosib bo‘lgan. Bu yerga mehr berganmiz. Birinchi Prezidentimiz boshlagan ishlarni davom ettirayapmiz. Ruhlari shod bo‘lsin, ilohim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.
Allohdan O‘zbekistonga tinchlik-farovonlik, xalqimizga salomatlik tilab duo qilingan.
Live
Barchasi