“Tolibon”ning ayollar bo‘yicha siyosati tekshiriladi
Olam
−
17 mart 2023
4148Islom hamkorlik tashkiloti Afg‘onistonga ayollar huquqlariga rioya etilishini tekshirish uchun delegatsiya yuboradi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Qayd etilishicha, tashkilotning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili muvaqqat hukumatga ayollarning ta’lim va mehnat bozoriga kirishi to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqish zarurligi to‘g‘risida xabar bergan.
"Tolo News" tarqatgan xabarga ko‘ra, xalqaro fiqh islom akademiyasi homiyligidagi islom ilohiyotshunoslari delegatsiyasi ayollarning jamiyatdagi mavqeining diniy me’yorlarga muvofiqligini muhokama qilish va tekshirish uchun Afg‘onistonga yuboriladi.
Tashkilot Bosh kotibi Husayn Brahim Toha IHTning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili "Tolibon" harakati tomonidan tashkil etilgan muvaqqat hukumatga ayollarning ta’lim va mehnat bozoriga kirish to‘g‘risidagi qarorni qayta ko‘rib chiqish zarurligi to‘g‘risida xabar berganini ma’lum qildi. Bosh kotib, shuningdek, tashkilotning Afg‘onistonga yordam berish niyatidaligini tasdiqlagan.
Ma’lumot uchun, "Tolibon" 2021 yil Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelganidan so‘ng xotin-qizlarning ta’lim olishiga cheklov o‘rnatdi. Shuningdek, ayollarga milliy va xalqaro nohukumat tashkilotlarda ishlash ham man qilindi. Bundan tashqari, Afg‘oniston ayollarining erkak shifokorlar tomonidan davolanishiga ham taqiq qo‘yilgan.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar
Dollar kursi pastladi.
14 yanvar