Iskander Buildings o‘z mijozlarini qurilish maydoniga taklif qildi
Biznes
−
06 may 5135 2 daqiqa
4 may kuni Iskander Buildings kompaniyasi tomonidan Toshkent shahridagi “Mavrid” loyihasi qurilish maydonida tadbir – “Mavrid Tour” tashkil etildi.

Tadbirning asosiy maqsadi – mehmonlarni qurilish jarayoni bilan tanishtirish, ishlatilayotgan materiallar sifati, loyihaning holati va kelgusi bosqichlari haqida ochiq va shaffof ma’lumot berish edi. Unda kompaniya mijozlari, potensial xaridorlar, blogerlar va qurilish sohasi vakillari ishtirok etdi.

Ta’kidlash joizki, Mavrid loyihasi 2024 yil iyul oyida qurilishi boshlangan bo‘lib, 10 oy davomida tahsinga loyiq o‘zgarishlar amalga oshirildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagilar taqdim etildi:
- Loyihaning bosh arxitektori Azamat Boyxonov tomonidan konsepsiya va loyihalash jarayoni bo‘yicha taqdimot;
- Qurilishda foydalanilayotgan Betomax betoni va Ytong avtoklovlangan gazobloklari haqida texnik ma’lumotlar;
- Qurilish holati bilan tanishish maqsadida A, B va C bloklar bo‘ylab ekskursiya.
- AKFA romlari buyicha taqdimot

Tadbir ishtirokchilariga yangi Yunusobod tumanida joylashgan “Mezbon” loyihasi bo‘yicha maxsus taklif ham taqdim etildi.

Tadbirda Iskander Buildings mijozlari bo‘lgan bir qator mashhur shaxslar ham ishtirok etishdi, jumladan: Zebo Rahimova, Ulug‘bek Qodirov, Davron Fayziyev, Azoda, Dilbar Zokirova, Oybek Teshaboyev, Tass Cooking, Chumoli, Rahmiddin Qodirov va Obidjon Nasriddinov.
“Qurilishni ko‘zimiz bilan ko‘rdik, hammasi aniq va tushunarli. Kompaniyaga ilgari ham ishonardik, lekin bu tadbirdan keyin yanayam ishonchimiz ortdi.” deydi tadbir mehmonlaridan biri.

Tadbir ishtirokchilari tomonidan Iskander Buildings'ning ochiqlikka asoslangan yondashuvi, sifatlarga e’tibor va qurilish jarayoniga mas’uliyatli munosabati ijobiy baholandi.
Batafsil ma’lumot olish uchun:
Telefon: +998787770011
Instagram: https://www.instagram.com/iskanderbuildings
Telegram: https://t.me/iskanderbuildings
Reklama huquqi asosida
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr