Isiriq – giyohvand modda. Belarus “xavfli o‘simlik” importini taqiqladi
Olam
−
21 avgust 2021
10989Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi mamlakatga isiriq olib kirish taqiqlanganini e’lon qildi. Bu haqda “Belta” nashri yozmoqda.
Qayd etilishicha, Belarusda garmalin va garmin (isiriq) tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, xavfli psixotrop modda, deb topilgan.
“Qilinayotgan ko‘p sonli murojaatlar sabab elchixona yana bir bor xabar beradi: Belarus Respublikasi bojxona organlari ma’lumotlariga ko‘ra, garmalin va garmin — tibbiy maqsadlarda ishlatilmaydigan, xavfli psixotrop moddalar hisoblanadi. Shunday qilib, Belarus hududiga ushbu moddalar va o‘simliklarni olib kirish Jinoyat kodeksining 328-moddasiga muvofiq jinoiy javobgarlikka olib kelishi mumkin”, deyiladi diplomatik missiya xabarida.
Bundan tashqari, Belarusning O‘zbekistondagi elchixonasi qonun buzilishining oldini olish uchun mamlakatga kirayotganlardan o‘zlari bilan tarkibida o‘ta xavfli psixotrop moddalar bo‘lgan o‘simliklarni olib kelmaslikni so‘ragan.
LiveBarchasi