Ishsiz fuqarolarga 7 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi
Jamiyat
−
06 fevral 2021
177572017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida Prezident farmonida iqtisodiyotni rivojlantirish, shu jumladan, kambag‘allikni qisqartirish va uzoq muddatli barqaror iqtisodiy o‘sishning poydevorini yaratishga alohida e’tibor qaratilgan.
Unda belgilanishicha, tadbirkorlik va o‘zini o‘zi band qilish faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan ishsiz, shu jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan fuqarolarga faoliyatini boshlash uchun kerak bo‘lgan asbob-uskuna, mehnat qurollarini xarid qilish uchun 7 million so‘mgacha subsidiyalar ajratilishi amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, berilgan yerlarni o‘zlashtirish uchun (yer haydash, urug‘, ko‘chat xarid qilish va boshqalar) subsidiya ajratilishi yo‘lga qo‘yiladi.
LiveBarchasi