Ishlaydigan ona — bola uchun yaxshi namuna

Bu qiziq

image

Ishlaydigan onaning farzandlari o‘z fikrlari va maqsadlarini aniq qilib ifodalay oladi.

ugun zamonaviy ayollarimiz uy-ro‘zg‘or, bola tarbiyasidan tashqari turli sohalarda ishlab, karera qilmoqda. To‘g‘ri, buni yaxshi jihatlari bilan birga, yomon tomonlari ham bor. Ammo, biz sizga hozir, ona o‘z qimmatli vaqtini katta qismini ishda o‘tkazishi bilan bog‘liq vaziyatning afzalliklarini aytib o‘tmoqchimiz.

•  Ishlaydigan ona — bola uchun yaxshi namuna

Bolalarga hamisha namuna va o‘rnak olish uchun “model” kerak. Bunday namuna va g‘urur ob’ekti o‘z onasi bo‘lsa, qanday yaxshi! Bola ko‘radiki, hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p mehnat qilish kerak va aynan ish oilaga yashash va qulay hayot kechirish imkonini beradi. Bu bolada shaxsiyatni shakllantirish va uni tarbiyalashning juda muhim bo‘lagidir. Buning ustiga farzandingiz sizga faxrlanib qarayotgani va sizga o‘xshashni istayotganini his qilish doim ham yoqimli.

•  Ishlaydigan onaning farzandlari o‘z fikrlari va maqsadlarini aniq qilib ifodalay oladi

Ba’zan kishi muayyan yondashuvlar va odatlarni nafaqat ishda, balki farzandlar bilan muloqotda ham qo‘llay boshlaydi. Masalan, nimani istashini va qanday maqsadda kelganini bilmaydigan odamga dastlab niyati va yakuniy maqsadini aniq qilib ifodalashni taklif qilasiz. Bunday amaliyot bolalarda ham qo‘l keladi. Natijada bolalar o‘z fikrlarini va o‘z ehtiyojlarini aniqroq ifodalashni o‘rganadi. Muammoni ifodalagandan keyin, uning yechimini topish ham osonlashadi.

•  Ishlaydigan onaning bolalari mustaqil bo‘lib o‘sadi

Qiyin lahzalarda onasi doim ham yonida bo‘lmagan bola mustaqil ravishda o‘ylashni va qarorlar qabul qilishni o‘rganadi. Shu bilan birga, o‘z qarorlari uchun aynan u javob berishini, shu sababli o‘z xatolarida boshqalarni ayblab bo‘lmasligini ham tushunish muhim.

Zarnigor Abdumalikova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

21

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing